O‘zbekiston delegatsiyasi Mo‘g‘ulistonda uranga oid geologik materiallarni o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Hozirgi vaqtda Mo'g'ulistonda xizmat safarida bo'lgan "Uzbek Overseas Geologiya kompaniyasi" MChJ vakillari uran bilan bog'liq geologik materiallarni tahlil qilib, o'rganishmoqda.

 

Mazkur tashrif doirasida ikki mamlakat o'rtasidagi geologiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qidiruv ishlarini tashkil etish, shuningdek, O'zbekiston va Mo'g'uliston mutaxassislari o'rtasida geologik ma'lumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

 

Olib borilayotgan tahliliy ishlar uran zaxiralarini baholash, yangi istiqbolli uchastkalarni aniqlash va geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan.

 

Ushbu hamkorlik O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasidagi geologiya sohasidagi strategik aloqalarni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir.