O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida geologiya sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu strategik sheriklik doirasida "Uzbek Overseas Geology Company" hamda Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" davlat kompaniyasi vakillari tomonidan Mo‘g‘uliston janubidagi Dorngov viloyatiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif chog‘ida tomonlar hududdagi uranga istiqbolli bo‘lgan Narts maydonida avvalgi yillarda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari bilan tanishdi. Shuningdek, maydonning geologik tuzilmasi o‘rganilib, geologik baholash ishlarini boshlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarining hozirgi holati baholandi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston uran bo‘yicha hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida geologiya sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu strategik sheriklik doirasida "Uzbek Overseas Geology Company" hamda Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" davlat kompaniyasi vakillari tomonidan Mo‘g‘uliston janubidagi Dorngov viloyatiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif chog‘ida tomonlar hududdagi uranga istiqbolli bo‘lgan Narts maydonida avvalgi yillarda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari bilan tanishdi. Shuningdek, maydonning geologik tuzilmasi o‘rganilib, geologik baholash ishlarini boshlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarining hozirgi holati baholandi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida jalb etiladigan mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan yashash va ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish maqsadida ishchilar shaharchasi qurilishi rejalashtirilayotgan joy ko‘zdan kechirildi. Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasida geologiya sohasidagi amaliy hamkorlikning navbatdagi bosqichi bo‘lib, tomonlarning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ilmiy-texnik salohiyatni birgalikda rivojlantirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Avval xabar berilganidek, Narts maydonida uranga oid geologik baholash ishlarini 2025-yil noyabr oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.