"Uzbek Overseas Geology Company" va Mongoliyaning "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Uzbek Overseas Geology Company" va Mongoliyaning "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Mongoliya o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

"Uzbek Overseas Geology Company" va Mongoliyaning "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Mongoliya o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

"Uzbek Overseas Geology Company" va Mongoliyaning "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda taqdim etilgan geologik ma’lumotlar va hisobotlar asosida mavjud maydonlarning chegaralarini aniqlashtirish va zarurat tug‘ilganda qidiruv olib boriladigan hudud nuqtalariga o‘zgartirish kiritish, mavjud maydonlardan tashqari, qo‘shimcha geologik izlanishlar olib borish maqsadida yangi perspektiv maydonlarni taqdim etish  imkoniyatini aniqlash va ko‘rib chiqish,  qidiruv hamda tasdiqlovchi ishlarga ruxsat berish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.   Ushbu ishlar 2025-yilning noyabr oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlik shartnomasi tayyorlanadi va imzolanadi. Geologiya-qidiruv ishlari (GRR) uchun litsenziya olish maqsadida zarur hujjatlar taqdim etildi. Geologik baholash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida mutaxassislarning maydonlarga joyiga chiqib ko‘rik o‘tkazishlari zarurligi bildirildi.  Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirish masalalari ham muhokama qilindi.  

 

Ushbu taklif va tashabbuslar O‘zbekiston va Mongoliya o‘rtasidagi geologiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgandir.