Afg'oniston Islom Amirligi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar:
1. Afg'oniston Islom Amirligining Zabul viloyatida joylashgan Kundalan, Kaftargor, Surxi Shella konlari va Begovan-Kundalan-Assanakoy istiqbolli hududida gidrogeologik va muhandislik-geologik izlanishlar, hamda razvedka ishlari olib borish.
2. “Xesh” temir rudasi konida xalqaro JORC-2012 hisobot standartlari asosida foydali qazilmalar zaxirasini baholash uchun geologik tadqiqotlar olib borish.
3. “Muhammad-Jandagar” investitsiya bloki doirasida MOGT-2D formatidagi seysmik razvedka ishlarini olib borish, maydoniy ishlar natijalarini qayta ishlash va kompleks tahlil qilish.
4. Ahmadobod va Shamar investitsiya bloklari doirasida MOGT‑2D formatidagi seysmik razvedka ishlari.
Maydon seysmik tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash va kompleks talqin qilish.