O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-154-son qarori

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘quv jarayonini takomillashtirish

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozori talablariga muvofiq holda o‘quv yuklamalari hajmini optimallashtirish, kompetensiyaviy yondashuv ta’minlanganini nazarda tutuvchi yangi o‘quv rejasi va fan dasturlarini yaratish.

1. Universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejasi va fan dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruhlar tuzish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va fan dasturlarida o‘quv dasturlari hajmining 70 foizini amaliyotga asoslangan tartibda tasdiqlash.

2022-yil aprel

3. O‘quv jarayoniga geologiya tarmog‘i ilmiy-tadqiqot markazlarining yetuk mutaxassislarini jalb etish, ularning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilidan

4. Tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlarini o‘quv jarayoniga joriy etish.

2022/2023 o‘quv yilidan

5. Yangi o‘quv rejasi joriy qilingan akademik guruhlarda, kafedralar yig‘ilishlari, fakultet va Universitet kengashlarida buyurtmachi tashkilotlar, talabalar amaliyot o‘tashini ta’minlagan tashkilotlar ishtirokida bitiruvchilar erishgan kasb malakalaridan kelib chiqib tanqidiy tahlil o‘tkazish, o‘quv rejasi va fan dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish.

2023/2024 o‘quv yili yakuniga ko‘ra

2.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik doirasida bakalavrlar tayyorlash.

1. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab faoliyat ko‘rsatishi belgi�angan 2+2 ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturi uchun zarur o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash.

2022-yil mart

To‘lov-kontrakt asosida

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov)

2. Ikki diplomli 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi, qabul kvotalari, qabul qoidalari, qabul muddatlari va boshqa zarur ma’lumotlar bilan respublika umumta’lim muassasalari bitiruvchi o‘quvchilarini batafsil tanishtirish.

2022-yil mart

3. Belgilangan tartibda iqtidorli yoshlarni tanlash va talabalikka qabul qilish.

2022-yil may-iyun

4. Talabalarni Rossiya Federatsiyasining geologiya tashkilotlarida amaliyot o‘tashini tashkillashtirish.

2023-yildan boshlab

5. O‘quv, ilmiy, tarbiya jarayonini muntazam monitoring qilish, Universitet ilmiy kengashida tahlil qilish, takomillashtirish yuzasidan aniq samarali choralar belgilash va amalga oshirish.

Muntazam ravishda

(har o‘quv yilida ikki marta)

3.

Universitetda kafedralar tizimini takomillashtirish.

1. Tarmoq sohasidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil qilish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(O. Qodirov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov)

2. Ishchi guruh tomonidan universitetda, iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda yangidan faoliyat ko‘rsatishi zarur bo‘lgan kafedralar va ularning filiallari ro‘yxatini shakllantirish hamda asoslash.

2022-yil mart

3. Kafedralar faoliyat ko‘rsatishini boshlash muddatlarini belgilash.

2022/2023 o‘quv yili

4. Kafedralarni belgilangan muddatlarda o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan ta’minlash.

2022-yil iyun

5. Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda kafedralar faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.

2023-yil avgust

II. Tashkilotlar bazasida amaliyotni tashkil etish

4.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va mas’uliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“�zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzishda, ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha majburiyatlarini e’tiborga olish.

2022-yil mart-aprel

3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalarini o‘tkazish.

Yiliga 2-marta

5.

Talabalar amaliyoti biriktirilgan tashkilotlar bazasida samarali tashkil etilishini ta’minlash.

Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida o‘tkazish, amaliyotni zarur jihoz va texnikalar, transport vo�italari, talabalar yashash sharoitlari bilan ta’minlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablag‘lari doirasida

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari

6.

Iqtisodiyot tarmoqlari va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari hamda talablariga muvofiq talabalarning sohaga intilish va qiziqishlarini rivojlantirish.

1. Amaliyot o‘tash dasturini tanqidiy tahlil qilish, takomillashtirish va o‘quv jarayoniga joriy etish.

2022-yil mart

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablag‘lari doirasida

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari

2. Talabalar amaliyoti uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan iqtidorli talabalarga istiqbolda o‘z ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish maqsadida amaliyot davrida ularni mavsumiy ishlarga jalb qilgan holda keyinchalik ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish va yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, muntazam ravishda

III. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyani rivojlantirish

7.

Xalqaro (shu jumladan, hamkorlikdagi) ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlar oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, qo‘shma konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish.

Har yili 20-sentabrga qadar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, xalqaro grantlar va xorijiy hamkorlarning mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(A. Qodirxo‘jayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va dasturini tasdiqlash hamda o‘z faoliyati yo‘nalishidagi ishlarni tashkil etish.

Har yili 30-sentabrga qadar

3. Sohaga ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida Geologiya fanlari universiteti va Janubiy Koreyaning tajribaga ega ixtisoslashgan kompaniyalari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga Toshkent shahridagi Italiyaning Piza universiteti filialini jalb qilish.

2022-yil mart

4. Barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalar va grantlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish.

Har chorakda

8.

Respublika mineral xomashyo bazasini kengaytirishga qaratilgan davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

1. Geologiya fanlariga oid muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun takliflarni (mavzu loyihasini) shakllantirish.

Har yili oktyabr oyida

Davlat ilmiy dasturiga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Abduraxmonov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(A. Qodirxo‘jayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

Har yili noyabr oyida

3. Tanlov natijalariga ko‘ra loyihalarni moliyalashtirish.

Har yili fevral oyidan boshlab

9.

Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning ishtirokini ta’minlash.

1. Geologiya fanlari universiteti negizida geologiya, mineralogiya, tog‘ jinslarini qazib olish va ulardan foydali elementlarni ajratib olish innovatsion texnologiyalari yo‘nalishida ilmiy konferensiyalarni tashkil etish. Bunda:

tashkiliy qo‘mitalarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ilmiy konferensiyani o‘tkazish borasida barcha tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rish;

xorijiy va mahalliy sohaga oid oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, nufuzli ishlab chiqaruvchi va servis korxonalarga taklifnomalar yuborish.

Har yili iyun oyida

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(A. Qodirxo‘jayev),

Geologiya fanlari universiteti

(O. Qodirov)

2. Ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish, yuqori darajadagi tashkilotlar uchun zarur bo‘lgan barcha hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish.

Har yili avgust oyida

10.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy maktablarni shakllantirishga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlanti�ish ishlarini olib borish.

1. Magistratura, stajor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

Har yili sentyabr

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Ilmiy ishlar bilan ta’minlovchi dekanatlar va kafedralar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Har yili iyun

3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani yaratish, tegishli ilmiy uskunalar bilan ta’minlash, ularni taqsimlash ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish.

Reja jadvalga asosan

4. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga yiliga kamida 30 nafar iqtidorli magistrantlarni jalb qilish.

2022-yil sentyabrdan boshlab

(2021/2022 o‘quv yili yakuni natijalari asosida)

11.

Iqtidorli yoshlar seleksiya-sini ta’minlash va ular bilan ishlash, talabalar, stajorlar va tadqiqotchilar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Iqtidorli talabalarni tanlab olish va ularga rahbarlik qilish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil sentyabrdan boshlab

(2021/2022 o‘quv yili yakuni natijalari asosida)

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Iqtidorli talabalar uchun o‘quv rejasidan tashqari qo‘shimcha ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish.

Har yili noyabr oyida

3. Qo‘shimcha ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar rejasi asosida iqtidorli talabalarni o‘qitish va ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish jarayonini yo‘lga qo‘yish.

Har yili yanvar oyida

12.

Universitetda geologiya sohasidagi yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining dolzarb ilmiy muammolari yechimiga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Dolza�b ilmiy muammolardan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan kafedralarning ilmiy yo‘nalishlarini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Doktorantura ilmiy yo‘nalishlarining 70 foizgacha bo‘lgan qismini tog‘-kon, geologiya sohalaridagi tashkilotlarning murojaatlari asosida hamda ular bilan yaqin hamkorlikni va ilmiy-texnik kengashlarida qatnashishni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarish muammolariga yo‘naltirish.

Har yili mart oyida

3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida salohiyatli mahalliy va xorijiy ilmiy kadrlarni jalb etish.

2022-yil sentyabr

4. Doktoranturada o‘qish uchun har yili kamida 10 nafar iqtidorli yoshlarni izlab topish va qabul qilish.

2022-yil oktyabr

IV. Yoshlar bilan ishlar tizimini takomillashtirish

13.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallan-gan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi keng joriy etish.

1. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni doirasida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil sentyabr

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Haydarov)

2. Tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni doirasida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish.

Reja-jadvalga asosan

14.

Universitet talabalari orasida ijtimoiy va ma’naviy sog‘lom muhitni rivojlantirish maqsadida tashabbuskorlik guruhlarini (harakatini) tashkil etish.

1. Talabalar o‘rtasida Talabalar kengashi va Yosh olimlar kengashi kabi tashabbuskorlik guruhlarini tuzish va ular faoliyati uchun tegishli sharoitlar yaratish.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Xaydarov)

2. Yoshlar tashabbuskorlik guruhlarining manzilli chora-tadbirlar dasturini shakllantirish, har bir talaba bilan ishlash mexanizmini ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. tashabbuskorlik guruhlari tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish, faol talabalarni moddiy rag‘batlantirib borish.

Reja-jadvalga asosan

15.

Talabalar turar joylarida munosib shart-sharoitlarni yaratish.

1. Talabalar turar joylaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(M. Xaydarov)

2. Talabalar turar joyi ma’muriyati, tarbiyachilar, tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) talabalar tashabbuskorlik guruhlari bilan hamkorlikda talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish.

Doimiy

16.

Universitet professor-o‘qituvchilari, institutlar ilmiy xodimlari va talabalari o‘rtasida yakdillik muhitini yaratish maqsadida “Team building” tadbirlarini tashkil etish.

1. Universitet professor-o‘qituv�ilari, institutlar ilmiy xodimlari va talabalarini bir-biriga g‘oyaviy va ma’naviy jihatdan yaqinlashtirish maqsadida “Team building” tadbirlari reja-jadvalini ishlab chiqish.

Har yili avgust oyida

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. “Team building” tadbirlarida ishtirok etuvchi liderlar tarkibini aniqlash va tadbirni o‘tkazish joylarini belgilash.

 

3. Tizimli ravishda “Team building” tadbirlarini o‘tkazib borish va ularda talabalar tashabbuskorlik guruhlarining ishtirokini ta’minlash.

Reja-jadvalga asosan

V. Universitetning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish

17.

Toshkent viloyatidagi Oqsoq-ota dala-o‘quv poligonida talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish.

1. Poligon hududini talabalarning 2022/2023 o‘quv yili o‘quv amaliyotini o‘tash uchun tayyorlash ishlari reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(A. Mirabdullayev)

2. Tasdiqlangan rejalarga muvofiq talabalarning yashash va amaliyot o‘tashlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish, infratuzilma obyektlarini tayyorlash.

2022-yil may

18.

Surxondaryo viloyatidagi Darband dala-o‘quv poligonida talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish.

1. Poligon hududini o‘rganib chiqish va talabalarning dala-o‘quv amaliyotini o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bajariladigan ishlar reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(A. Mirabdullayev)

2. Tasdiqlangan rejalarga muvofiq talabalarning yashash va amaliyot o‘tashlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish, infratuzilma obyektlarini tayyorlash.

2022-yil may

19.

Universitet tarkibidagi Geoinnovatsion texnologiyalar markazini neft va gaz yo‘nalishida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha jihozlash.

1. Universitet tarkibidagi Geoinnovatsion texnologiyalar markazini neft va gaz yo‘nalishida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha jihozlanadigan zamonaviy uskunalarni ro‘yxat asosida xarid qilish va o‘rnatish.

2022-2023-yillar

“O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Neft va gaz yo‘nalishida tadqiqotlarni amalga oshirish u�un olib kelingan zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish hamda ularda talabalarning o‘qitilishini ta’minlash.

Doimiy

Geologiya fanlari universiteti mablag‘lari

T/r

Kafedralar

Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotlar*

(talabalar soni)

Amaliyot o‘tkaziladigan hududlar va tog‘-konchilik mintaqalarining xususiyatlari

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

Umumiy geologiya

Geologiya muzeyi

(1-2 kurs bakalavriat, 433 talaba, yil davom�da)

Turli geologik jarayonlar bilan bog‘liq tog‘ jinslarining mineralogik va petrografik namunalari o‘ziga xosligini o‘rganish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Geologiya muzeyi

(A. Ahmedshayev)

Kitob milliy geologiya bog‘i

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Qashqadaryo viloyatidagi Kitob milliy geologiya bog‘ida turli geologik jarayonlarda tog‘ jinslarining yer yuzasidagi ochilib qolgan stratigrafik kesimlarini o‘rganish.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i

(T. To‘rayev)

2.

Foydali qazilma konlari geologiyasi

“Olmaliq KMK” AJ

(Qalmoqir kon boshqarmasi,
Xondiza kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura,
50 talaba)

Toshkent viloyatining Chotqol-Qurama va Surxondaryo viloyatining Hisor tog‘-konchilik mintaqalaridagi rangli va polimetall konlarning geologik tuzilishini o‘rganish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov)

“Navoiy KMK” AJ

(Markaziy kon boshqarmasi,
Janubiy kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum va Samarqand viloyatining Nurota tog‘-konchilik mintaqalaridagi qimmatbaho va yo‘ldosh metallar konlarining geologik tuzilishini o‘rganish.

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

“Navoiyuran” DK bazalari

(Shimoliy kon boshqarmasi,
5-kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 30 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum hududida joylashgan uran va yo‘ldosh kamyob yer metallari konlarining geologik tuzilishini o‘rganish.

“Navoiyuran” DK

(J. Hasanov)

“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK

(Toshkent va Farg‘ona topo-marksheyderlik otryadlari, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba),

“Regionalgeologiya” DK

(Sharqiy O‘zbekiston dala geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, Namangan partiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

(Sharqiy Qurama va Hisor dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat 1-kurs, magistratura, 50 talaba)

Toshkent, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan turli xildagi noruda foydali qazilma konlarining geologik tuzilishini o‘rganish.

“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK

(F. Sh???pov),

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov),

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

(H. Ismailov)

3.

Neft-gaz geologiyasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

(Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 70 talaba)

Qashqadaryo viloyatining Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasidagi neft va gaz konlarining geologik tuzilishini o‘rganish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

“O‘zbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev)

4.

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi

“O‘zbekgidrogeologiya” DK

(Toshkentoldi dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)
,

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati

(Bo‘stonliq kuzatuv stansiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Toshkent viloyatining Toshkent yaqinidagi artezian basseyni va Chirchiq yer osti chuchuk suvlari konining gidrogeologik tuzilishini o‘rganish, Bo‘stonliq tumanida ko‘chkilarni kuzatish usullarini o‘rganish, tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalarini zamonaviy asbob-uskunalarda aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

“O‘zbekgidrogeologiya” DK

(B. Qodirov),

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati

(M. Toshpo‘latov),

GIDROINGEO instituti

(Q. Mingboyev)

“O‘zGAShKLITI” AJ o‘quv markazi

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Toshkent shahridagi “O‘zGAShKLITI” AJ tomonidan loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan inshootlarda muhandislik-geologik tadqiqotlar o‘tkazish usullari, tog‘ jinslarining (gruntlarning) fizik-mexanik xossalarini zamonaviy asbob-uskunalar yordamida aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

“O‘zGAShKLITI” AJ

(Y. Magrupov)

5.

Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ bazalari

(Olmaliq, Sharqiy Qurama, Shimoliy Nurota, Zarmitan va Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Toshkent viloyatining Chotqol-Qurama va Samarqand viloyatining Nurota tog‘-konchilik mintaqalarida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarida qo‘llanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bilan tanishish, ulardan foydalanish talablarini o‘rganish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

(H. Ismailov)

“O‘zbekgidrogeologiya” DK bazalari

(Toshkent yaqinidagi, Mirzacho‘l, G‘arbiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Sirdaryo viloyati hududidagi Toshkent yaqinidagi artezian basseyni va Buxoro viloyati hududini qamrab oluvchi G‘arbiy O‘zbekiston mintaqalarida olib borilayotgan gidrogeologik tadqiqotlarda qo‘llanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bilan tanishish, ulardan foydalanish talablarini o‘rganish.

“O‘zbekgidrogeologiya” DK

(B. Qodirov)

“Urankamyobmetgeologiya” AJ bazalari

(Nurota va Bukantau geolog�ya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum mintaqasida uran bo‘yicha olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarida qo‘llanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bil?n tanishish, ulardan foydalanish talablarini o‘rganish.

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Sh. Yo‘ldoshev)

6.

Mineralogiya, petrografiya va geokimyo

“Mineral resurslar instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Toshkent shahridagi Mineral resurslar instituti bazasida respublikamizning barcha hududlarida joylashgan foydali qazilma konlaridan olingan namunalarning mineralogik, petrografik va geokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish usullarini o‘rganish va zamonaviy analitik uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Mineral resurslar instituti

(M. Isoqov)

7.

Foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari

“Regionalgeologiya” DK bazalari

(Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Respublikaning tog‘-konchilik mintaqalarida ma’danli foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari va uskunalari bilan tanishish, zamonaviy dasturlarda dala materiallarini interpretatsiya qilishni o‘rganish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov)

“O‘zbek�eofizika” AJ bazalari

(Farg‘ona, Yakkabog‘, Buxoro

va Ustyurt geofizika ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Respublika hududidagi neft-gazga istiqbolli tuzilmalarni aniqlash bo‘yicha dala-geofizika ishlari (2D va 3D), neft va gaz konlaridagi quduqlarda bajariladigan kon-geofizika ishlari, kernlarning petrofizik xususiyatlarini aniqlash usullari, foydalaniladigan zamonaviy geofizik uskunalarni ishlatish ko‘nikmalarini shakllantirish.

“O‘zbekgeofizika” AJ

(R. Yusupjonov)

8.

Geologik tasvirlash va geoaxborot texnologiyalari

“Regionalgeologiya” DK bazalari

(Sharqiy O‘zbekiston dala geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Respublika hududidagi tog‘-konchilik mintaqalari bo‘yicha tizimli geologik tasvirlash ishlari natijasida turli miqyosdagi geologik xaritalarni �uzish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov)

“Mineral resurslar instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Respublika hududidagi tog‘-konchilik mintaqalari bo‘yicha yuqori aniqlikdagi raqamli geologik xaritalarni yaratish.

Mineral resurslar instituti

(M. Isoqov)

9.

Iqtisodiy geologiya

“Davlat geologiya axborot markazi” DK

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Toshkent shahrida geologiya-qidiruv ishlaridagi me’yorlash, loyiha va smeta hujjatlarining tayyorlanish jarayonini o‘rganish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

“Davlat geologiya axb?ro? markazi” DK

(O. Zaripov)

“O‘zgeorangmetliti” MChJ

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Toshkent shahrida joylashgan “O‘zgeorangmetliti” MChJ bazasida respublika hududlarida aniqlangan foydali qazilmalar konlari zaxiralarini hisoblash, ularning geologik modellarini yaratish, zaxira hisoblash konditsiyalarini ishlab chiqish, konlarni sanoatda o‘zlashtirishning ratsional usullarini tanlash va iqtisodiy baholash usullari va zamonaviy texnologiyalarini o‘rganish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

“O‘zGEORANGMETLITI” MChJ

(J. Ismailov)

10.

Geoekologiya

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Nurota va Bukantau geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 30 talaba)
,

“GIDROINGEO instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Respublikaning barcha hududlaridagi geologik muhitga yer qa’ridan foydalanish ishlarining ta’sirini, ularning oqibatlarini bartaraf etish usullari va texnologiyalarini o‘rganish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Sh. Yo‘ldoshev),

GIDROINGEO instituti

(Q. Mingboyev)

T/r

Laboratoriya va texnologik uskunalar nomi

Soni

Qo‘llanilishi

I. Analitik uskunalar

1.

Tog‘ jinslarining atmosfera sharoitida elektr qarshiligini aniqlash uskunasi.

1

Qatlam suvi bilan to‘yingan tog‘ jinslarining atmosfera sharoitida elektr qarshiligini aniqlash uchun ishlatiladi.

2.

Kernlarning bitumlarga to‘yinganligini aniqlash uskunasi.

1

Tog‘ jinslarining bitumlarga to‘yinganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Organik moddalarni tezkor usulda aniqlash imkonini beradi.

3.

Tog‘ jinslarini qizdirish yo‘li bilan ulardagi neft va gaz mavjudligini aniqlash uskunasi.

1

Tog‘ jinslarini qizdirish yo‘li bilan ulardagi neft va gaz mavjudligi salohiyatini baholash imkonini beradi. Neft hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qatlamni aniqlashga yordam beradi.

4.

Kern tomografiyasi uskunasi.

1

Kernning ichki tuzilishini, hajmiy g‘ovakligini, darzliklarni yuqori aniqlikda o‘rganish uchun ishlatiladi.

5.

Kern namunasini tahlil qilish uchun ultratsentrifuga.

1

Suyuqlikni suv bilan to‘yingan kern namunalaridan siqib chiqarish jarayonida ortib borayotgan markazdan qochirma kuchni aniqlash uchun mo‘ljallangan.

6.

Fluoressent mikroskop.

1

Migratsiya jarayonlarini o‘rganish uchun tog‘ jinslarida uglevodorod mavjudligini, singenetik va epigenetik bitumni sifatli baholaydi va uchuvchan, yengil, og‘ir organik modda turlarini aniqlaydi.

7.

Kernni qatlam sharoitida tahlil qilish uskunasi.

1

Kernda qatlam sharoitida bo‘ylama va ko‘ndalang akustik to‘lqinlarning tarqalish tezligini, elektr qarshiligini o‘lchaydi.

8.

Kernning qatlam sharoitida suvlangan-ligini tahlil qilish uskunasi.

1

“Suyuqlik-suyuqlik” va “suyuqlik-gaz” tizimlarida suyuqlik o‘tkazuvchanligini, nisbiy o‘tkazuvchanligini aniqlaydi.

9.

Kimyoviy parchalanish uchun laboratoriya o‘lchov idishlari to‘plami (A toi�ali).

1 komplekt

To‘plam laboratoriyalarda turli xil tahliliy ishlar uchun mo‘ljallangan.

II. Axborot-kommunikatsiya uskunalari

10.

3D geologik modellashtirish markazi uchun:

 

Neft va gaz yo‘nalishidagi turli ilmiy izlanishlarda hamda talabalar uchun geomodellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda qo‘llaniladi.

Petrel, Petromod, Techlog dasturiy ta’minotlariga mo‘ljallangan maxsus kompyuterlar;

10

monitor 100 dyuym;

1

server.

1

11.

O‘quv jarayoni uchun konlarni raqamli geologik modellashtirish bo‘yicha dasturiy ta’minotlar.

1

Neft va gaz yo‘nalishidagi talabalar uchun geomodellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda qo‘llaniladi.

III. Dala jihozlari

12.

Chuqurlik termo-monometri.

1

Qatlamdagi bosim va haroratni bir vaqtning o‘zida o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

13.

Quduq usti termo-manometri.

2

Quduq og‘zidan turib, quduqdagi bosim va haroratni bir vaqtning o‘zida o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

T/r

Ilmiy loyiha mavzusi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish hajmlari

Kutilayotgan asosiy natijalar

1.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan izlash-qidiruv ishlari olib borilayotgan konlarning uglevodorod zaxiralarini operativ hisoblash va qayta hisoblash, quduqlar kon-geofizik ma’lumotlarini “INGEF-W” va “Techlog” dasturlarida kompleks tahlil qilish.

2023-yil oktyabr

1 500 mln so‘m

O‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida konlarning geologik-geofizik modellari quriladi, mahsuldor qatlamlarning zaxiralari hisoblanadi va Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida doimiy faoliyat yurituvchi komissiyadan tasdiqdan o‘tkaziladi.

2.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan burg‘ilanadigan parametrik, izlash va qidiruv quduqlarini burg‘ilash uchun geologik va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil aprel

1 000 mln so‘m

Parametrik, izlash va qidiruv quduqlarining konstruksiyalari, bajariladigan tadqiqotlar turlari va hajmlari aniqlanadi, ilmiy asoslanadi hamda shu asosda quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha geologik loyihalar ishlab chiqiladi. Quduqlarni burg‘ilash ishlarining hozirgi holati va mavjud yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda quduqlarni qurish loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.

3.

“O‘zbekneftgaz” AJ maydonlari bo‘yicha neft va gaz qidirish burg‘ilash ishlarining natijalari asosida geologik ilmiy hisobotlarni tuzish.

2023-yil dekabr

600 mln so‘m

Burg‘ilash ishlarining natijalari asosida maydonlarning neft va gazga istiqbollari baholanadi va ularda kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha xulosalar beriladi.

4.

“O‘zbekneftgaz” AJ obyektlarida burg‘ilanayotgan quduqlardan olingan kern, shlam, neft, kondensat, gaz va qatlam suvlari namunalarini kompleks tahlil qilish.

2023-yil noyabr

1 500 mln so‘m

Tog‘ jinslarining stratigrafiyasi, litologik tarkibi, kollektorlik xususiyatlari hamda uglevodorod zaxiralarini hisoblash uchun barcha zarur parametrlarni aniqlab, qatlamlarni mahsuldorlikka sinash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Quduqlardan olingan neft va kondensatning kimyoviy tarkibi, tovar xususiyatlari aniqlanadi. Olingan gazlarning kimyoviy tarkibi aniqlanib, uyumlarning fazaviy tarkibi prognoz qilinadi. Qatlam suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik xususiyatlari hamda uglevodorod zaxiralarini hisoblash ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

5.

Neft va gazga istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini bajarish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni (UTER) ishlab chiqish.

2023-yil may

600 mln so‘m

“O‘zbekneftgaz” AJ uglevodorod xomashyo resurs bazasini rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha konlar va maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini bajarish maqsadida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziya olish talabi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar (UTER) ishlab chiqiladi.

6.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarining natijalarini tezkor kompleks ilmiy tahlil qilish hamda ularning kelgusi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash.

2023-yil iyun

2 000 mln so‘m

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining neft va gazli hududlarida bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari tezkor va kompleks ilmiy tahlil qilinadi, keyingi istiqbolli yo‘nalishlar aniqlanadi va ilmiy asoslanadi. Konlar va maydonlarda kelgusi izlash va qidiruv quduqlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

7.

Ustyurt, Hisor oldi va Surxondaryo neft va gazli hududlari konlarining neft va kondensat tarkibi va xossalari albomini yaratish.

2022-yil dekabr

700 mln so‘m

Ustyurt, Hisor oldi va Surxondaryo neft va gazli hududlaridagi konlardan olingan neft va konden�at namunalarining fizik-kimyoviy parametrlari tadqiqotlar natijalari bilan umumlashtiriladi. Neft va kondensat-larning fizik-kimyoviy parametrlari o‘zgarishining geokimyoviy xaritalari taqdim etiladi.

8.

Berdaq-Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlari bo‘yicha 2D va 3D seysmik-qidiruv ishlari ma’lumotlarini barcha quduqlarning burg‘ilash va sinash natijalari asosida kompleks tahlil qilish.

2023-yil iyun

900 mln so‘m

Berdaq-Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlari bo‘yicha mavjud barcha geologik-geofizik hamda quduqlarni burg‘ilash va sinash ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish asosida ushbu hududda mavjud bo‘lgan istiqbolli qatlamlar aniqlanadi va quyi qatlamlarda neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritasi tuzilib, izlash quduqlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

9.

O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlari bo‘yicha mavjud geologik, geofizik, seysmik va burg‘ilash ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish asosida izlash quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

1 200 mln so‘m

O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlari, maydonlari va yangi o‘rganilayotgan uchastkalari bo‘yicha barcha mavjud geologik, geofizik, seysmik, quduqlarni burg‘ilash va sinash ishlarining ma’lumotlari kompleks tahlil qilinadi va shu asosda yangi chuqur izlov quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

10.

Buxoro-Xiva hududidagi Gadin grabeni va unga yondosh hududlarning geologik tuzilishini va ularning neft va gazga istiqbollarini baholash.

2023-yil oktyabr

1 100 mln so‘m

Buxoro-Xiva hududidagi Gadin grabeni va unga yondosh hududlarning quyi qatlamlarida neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritalanadi, geolo�ik modellar ishlab chiqiladi va asoslanadi. Seysmik va quduq ma’lumotlarining tahlili asosida mahsuldor qatlamlarning chuqur yer osti geologik tuzilishi aniqlashtiriladi. Quyi qatlamlarda yangi tuzilmalarni tayyorlash hamda izlash-qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

11.

Sudochye botiqligi va Berdax valining o‘rta va quyi yura yotqiziqlari bo‘yicha istiqbollarni baholash hamda geologiya-qidiruv ishlarining kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlarini asoslash.

2023-yil oktyabr

1 000 mln so‘m

Sudochye botiqligi va Berdax vallarining yura, quyi yura va paleozoy yotqiziqlari bo‘yicha kompleks xaritalar tuziladi, neft va gazga istiqbolli yangi maydonlar aniqlanib, geologiya-qidiruv ishlarining kelgusi istiqbolli yo‘nalishlari aniqlab beriladi. Har bir maydonda keyingi izlov ishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

12.

O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlarida ilgari geolog�ya-qidiruv ishlari amalga oshirilgan maydonlar va tuzilmalar bo‘yicha barcha geologik-geofizik ma’lumotlarni qayta tahlil qilish va yangi izlash quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

2023-yil noyabr

800 mln so‘m

O‘zbekiston Respublikasining neft va gazli hududlaridagi maydonlarda ilgari geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilgan, ammo yetarli darajada istiqbollari o‘rganilmagan maydonlar va tuzilmalarning mavjud barcha geologik-geofizik va seysmik ma’lumotlari qayta tahlil qilinadi hamda yangi izlash quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi.

13.

Neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlar bo‘yicha geologik va geofizik ma’lumotlarni raqamlashtirish.

2023-yil oktyabr

700 mln so‘m

Neft va gazli hududlarda to‘plangan geologik va geofizik hamda quduqlar ma’lumotlari raqamlashtiriladi va ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

14.

Neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlar bo‘yicha mavjud seysmik va kon-geofizik ma’lumotlarni zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida qayta ishlash va tahlil qilish.

2023-yil dekabr

1 200 mln so‘m

Respublika bo‘yicha neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlarning mavjud seysmik va kon-geofizik ma’lumotlari zamonaviy dasturiy komplekslar va kompyuterlar yordamida qayta ishlanadi va umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida yangi izlash obyektlari va maydonlarni belgilab beriladi.

15.

O‘zbekistonning neft va gazga istiqbolli hududlari bo‘yicha kern namunalarining ko‘rgazma kolleksiyasini hamda talabalar uchun o‘quv qo‘llanma nusxalarini yaratish.

2022-yil noyabr

1 000 mln so‘m

O‘zbekistonning neft va gazli hududlari bo‘yicha uglevodorod xom-ashyosiga istiqbolli yotqiziqlarining kern namunalari va ularning barcha xususiyatlari stend-ko‘rgazma ko‘rinishida, tavsif va tahlillari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tayyorlanadi.

Bundan tashqari, kern namunalarining talabalar uchun o‘quv qo‘llanma ko‘rinishidagi nusxalari majmuasi yaratiladi.

16.

Dengizko‘l ko‘tarilmasi va unga yondosh hududlarning geologik tuzilishini va ularning neft va gazga istiqbollarini baholash.

2023-yil dekabr

1 100 mln so‘m

Dengizko‘l ko‘tarilmasi va unga yondosh hududlarning quyi qatlamlarida neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritalanadi, geologik modellari ishlab chiqiladi va asoslanadi hamda mahsuldor qatlamlarning chuqur yer osti geologik tuzilishi aniqlashtiriladi. Quyi qatlamlar bo‘yicha yangi tuzilmalarni tayyorlash borasida tavsiyalar hamda izlash-qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

17.

“O‘zbekneftgaz” AJning neft va gazli obyektlarida gaz kondensati tadqiqotlarini o‘tkazish va olingan materiallarni tahlil qilish asosida tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

7 000 mln so‘m

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan burg‘ilangan quduqlarda gaz kondensati tadqiqotlari o‘tkaziladi, namunalar olinib, laboratoriya tahlillari amalga oshiriladi va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

18.

Ustyurt hududidagi neft va gazga istiqbolli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha kosmos, seysmik va burg‘ilash ishlari ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish hamda yangi izlash quduqlarini burg‘ilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

1 000 mln so‘m

Ustyurt hududi bo‘yicha mavjud multispektral kosmik ma’lumotlarni deshifrovka qilish va ularni geologik, geofizik, seysmik hamda burg‘ilash va sinash ishlari ma’lumotlari bilan kompleks tahlil qilish asosida “O‘zbekneftgaz” AJ geologiya-qidiruv ishlari doirasida yangi izlash quduqlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyal?r ishlab chiqiladi.

19.

“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyat olib borayotgan konlarning chuqur yer osti geologik tuzilishini aniqlashtirish hamda uglevodorod xomashyosi zaxiralarini hisoblash va qayta hisoblash.

2023-yil noyabr

3 600 mln so‘m

Konlarning geologik-geofizik modellari tuziladi, kon-geologik parametrlari aniqlanadi hamda ulardagi uglevodorod va yo‘ldosh komponentlar zaxiralari hisoblanadi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

 

19 ta shartnoma bo‘yicha jami:

 

28 500 mln so‘m