Universitetda kadrlar mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha tayyorlanadi;
7. 2022-yil 1-yanvarga qadar Universitet faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan kitoblar, jurnallar, o‘quv adabiyotlari, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar), shuningdek, 2-ilovaga muvofiq Markaz uchun “Geoltexta’minot” davlat korxonasi tomonidan import qilinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va inventarlar bojxona bojidan ozod qilinsin.
“Geoltexta’minot” davlat korxonasiga — Markazni jihozlash uchun mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan zamonaviy laboratoriya-texnologik uskunalar va inventarlarni xarid qilish uchun texnik topshiriqlarni “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertizadan o‘tkazmaslikka;
Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq Universitetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro‘yxatini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
Mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari mazkur qarorning 3 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.