|
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Mas’ullar |
|
|
1. |
Yangi istiqbolli maydonlarni ajratish bo‘yicha izlash ishlari ulushini 35 foizgacha oshirishni hisobga olgan holda Mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2020-yilga mo‘ljallangan dastur)ni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Foydali qazilmalar va yer osti suvlari zaxiralari va prognoz resurslarining o‘sish parametrlarini aniqlagan holda, 2020-yilga mo‘ljallangan dasturga kiritilishi va istiqbolli maydonlar ulushini oshirish bo‘yicha izlash ishlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilinayotgan aniq obyektlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. 2020-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish. 3. 2020-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash. |
2019-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi “Navoiy KMK” DK (Sanakulov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
2. |
Yangi istiqbolli maydonlarni ajratish bo‘yicha izlash ishlari ulushini 40 foizgacha oshirishni hisobga olgan holda Mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2021-yilga mo‘ljallangan dastur)ni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Foydali qazilmalar va yer osti suvlari zaxiralari va prognoz resurslarining o‘sish parametrlarini aniqlagan holda, 2021-yilga mo‘ljallangan dasturga kiritilishi va istiqbolli maydonlar ulushini oshirish bo‘yicha izlash ishlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilinayotgan aniq obyektlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. 2021-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish. 3. 2021-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash. |
2020-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi “Navoiy KMK” DK (Sanakulov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
3. |
2020-yilga mo‘ljallangan davlat dasturining tasdiqlangan parametrlariga asosan geologiya-qidiruv ishlarining o‘z vaqtida va sifatli olib borilishini ta’minlash. |
1. Har bir obyekt bo‘yicha aniq muddatlar va quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlarni nazarda tutuvchi “tarmoq grafiklari” ishlab chiqish va tasdiqlash: geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun geologik topshiriqlarni va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash; foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralari ko‘payishini hisoblab borgan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish; Davlat geologiya qo‘mitasining yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etish. 2. 2020-yilga mo‘ljallangan dasturga muvofiq hududlarni keng miqyosda mintaqaviy o‘rganish ishlarini, shuningdek, foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil qilish va olib borish. |
2019-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
4. |
Geologiya sohasining moddiy texnik bazasini zamonaviy asbob-uskunalar, maxsus texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va materiallar bilan o‘z vaqtida mustahkamlash va modernizatsiya qilishni ta’minlash. |
1. 2020-yilda xarid qilinishi lozim bo‘lgan zamonaviy asbob-uskunalar, maxsus texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Xarid qilinadigan texnika va asbob-uskunalar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish. 3. Texnika va asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha tegishli kontraktlarni belgilangan tartibda tuzish. 4. Texnika va asbob-uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. |
2019-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov) |
|
5. |
Istiqbolli maydonlar va konlarni o‘rganish jarayoniga Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish hamda keng joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rish. |
1. Istiqbolli maydonlar va konlarni o‘rganish jarayoniga Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish hamda keng joriy qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq quyidagilarni ta’minlash: xalqaro konsultantlarni jalb qilish va zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; yer qa’rini geologik o‘rganishga aniqligi yuqori bo‘lgan raqamli kosmik tasvirlarni bosqichma-bosqich joriy qilish; eng yangi dasturiy mahsulotlar va asbob-uskunalarni qo‘llash; minerallar va tog‘ jinslarining milliy spektral kutubxonasini tashkil qilish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
6. |
Fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni joriy qilgan holda fan va amaliyotni yanada integratsiyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Aniq muddatlarni va mas’ul ijrochilarni belgilagan holda “Fan va amaliyotni yanada integratsiyalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Kompleks chora-tadbirlarga muvofiq quyidagilarni ta’minlash: geologiya-qidiruv amaliyotiga soha institutlarining istiqbolli maydonlarni prognoz qilishga (shu jumladan hududlarda olmos topish istiqbollarini hamda minerallashgan va plast suvlarida qimmatbaho va nodir metallar mavjudligini o‘rganishga) yo‘naltirilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini joriy qilish; foydali qazilmalar konlarining 3D-modellarini ishlab chiqish; GAT-texnologiyalari negizida raqamli kartografik materiallarini yaratish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov) |
|
7. |
Geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish va foydali qazilmalar zaxiralarini JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlash masalasini ishlab chiqish. |
1. Xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni saralab olish va o‘rnatilgan tartibda ular bilan kontraktlar tuzish. 2. Amaldagi normativ hujjatlarni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish uchun moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish va foydali qazilmalar zaxiralarini JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlashga doir takliflar ishlab chiqish. 3. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, to‘plamlar va bo�qa hujjatlarni xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish. 4. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda soha mutaxassislarini JORC Kodeksi standartlari bo‘yicha o‘qitish. |
2020-yil mart
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Moliya vazirligi |
|
8. |
Yer qa’rini regional o‘rganish va geologik xaritalash, shuningdek, mavjud geologik holatni va boshqa axborotlarni raqamlashtirishga axborot dasturlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy qilish. |
1. Yer qa’rini regional o‘rganish va geologik xaritalashga axborot dasturlari va AKTni joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish. 2. Geologik tadqiqotlar jarayoniga joriy qilish uchun tavsiya etiladigan dasturiy mahsulotlar va asbob-uskunalar ro‘yxatini aniqlash hamda tegishli xarid tartib-taomillarini amalga oshirish. 3. Axborot dasturlari va AKTni belgilangan tartibda xarid qilish va geologiya sohasiga joriy etish. 4. AKTni ishlab chiqish va geologiya sohasiga joriy qilish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb qilish. 5. Jahon standartlari asosida geologik axborotlarni raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va ularni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. |
2019-yil avgust
doimiy ravishda kelishuv asosida |
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
|
9. |
Raqamlashtirilgan geologik axborotlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida davlat geologiya fondining arxiv materiallari bo‘yicha raqamli axborotlar bankini yaratish. |
1. Jahon standartlari asosida raqamli axborot bankini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. 2. Geologik hisobotlar arxivining ma’lumotlar bazasini yaratish ishlarini kuchaytirish va jahon standartlari asosida raqamli axborotlar bankini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. |
2019-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
10. |
Kartografik, geologik-tahliliy axborotlarni joylashtirgan holda foydali qazilmalar konlarining interaktiv xaritasini yaratish. |
1. Foydali qazilmalar konlarining interaktiv xaritasini tuzish va yuritish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. 2. Foydali qazilmalar konlari va ulardan GAT-texnologiyalari negizida foydalanish bo‘yicha raqamli kartografik, geologik-tahliliy axborotlarni tayyorlash, shuningdek, interaktiv xaritani tizimli asosda yangilab borish. |
2019-yil sentabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
11. |
Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari (zaxiralar, joylashgan o‘rni, joylashuv chuqurligi) bo‘yicha yagona elektron onlayn baza yaratish. |
1. Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari (zaxiralar, joylashgan o‘rni, joylashuv chuqurligi) bo‘yicha bazani yaratish va uni Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirish. 2. Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari bazasining tizimli asosda yangilash, shuningdek, mahalliy va chet el investorlariga ushbu baza bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash. |
2019-yil dekabr
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
12. |
“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ balansiga beriladigan, shuningdek, xorijiy investorlar bilan birga ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan geologik obyektlarning aniq chegaralarini belgilash. |
1. Kon-metallurgiya kombinatlari balansiga berilishi lozim bo‘lgan geologik obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish. 2. “Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK”AJ resurs bazasiga biriktiriladigan geologiya obyektlari ro‘yxatini kelishish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. 3. Kon-metallurgiya kombinatlari geologik obyektlarini foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini hisobga olgan holda ularning ro‘yxatini tasdiqlash. 4. Salohiyatli investorlar bilan ushburo‘yxatga kiritilmagan geologiya obyektlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish. |
2019-yil avgust
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), “Navoiy KMK” DK (Sanakulov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Energetika vazirligi (Sultanov), ITSV (Kudratov) |
|
13. |
Foydali qazilmalarning strategik muhim turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni taqdim etish tartibini soddalashtirish va takomillashtirish. |
1. Kon-ruda tarmog‘ida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani (hamkorlikning shakllari va shartlari, tartibga solish bazasi, yer osti boyliklarini soliqqa tortish) o‘rganish va tahlil qilish. 2. Foydali qazilmalarning strategik muhim turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni taqdim etish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), ITSV (Kudratov), Davlat soliq qo‘mitasi (Mirzayev) |
|
14. |
Tizimli asosda investitsiya obyektlari (shu jumladan geologik va boshqa ma’lumotlar) portfelini shakllantirish va ular haqida salohiyatli xorijiy investorlarni xabardor qilish. |
1. Investitsiyalar jalb qilish uchun ustuvor geologiya obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish. 2. Taqdimot materiallari, geologik va boshqa ma’lumotlar (grafik ilovalar va tahliliy ma’lumotlar)ni o‘z ichiga olgan investitsiya portfelini tayyorlash. 3. Istiqbolli maydonlarda foydali qazilma boyliklarini qidirish va razvedka qilish, shuningdek, konlarda foydali qazilma boyliklarini qazib olishni tashkil qilish bo‘yicha investitsiya takliflari portfelini kelishish. 4. Salohiyatli investorlarni jalb qilish Investitsiya takliflarini taqdimot materiallari bilan birga o‘z rasmiy veb saytida joylashtirish va boshqa qulay rasmiy vositalar bilan, shu jumladan salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun biznes tadbirlarda ishtirok etish hamda chet ellarda “road-show”lar o‘tkazish orqali tarqatish. |
2019-yil sentabr
keyinchalik har yili
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), ITSV (Kudratov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) (Islamov), ITSV (Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
15. |
Xorijiy o‘quv markazlarida geologiya sohasidagi mahalliy mutaxassislarning amaliyotini tashkil etish va iqtidorli yosh mutaxassislarni xorijiy oliy o‘quv yurtlarda o‘qitish. |
1. Sohadagi haqiqiy talabdan kelib chiqqan xolda xorijiy amaliyotlar va oliy o‘quv yurtlarda o‘qitishni tashkil etish uchun geologiya sohasining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarini va mutaxassislar sonini aniqlash. 2. Xalqaro ilmiy markazlar, mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini ishlab chiqib, kadrlar malakasini oshirish va o‘qitishni tashkillashtirish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov) Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
16. |
Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq takomillashtirish. |
1. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha jahon tajribasini chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish. 2. Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida zamonaviy xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni hisobga olgan holda uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
17. |
Respublika hududlaridagi haqiqiy vaziyatni hisobga olgan holda yer osti suvlarini monitoring qilishni tashkillashtirishning samaradorligini oshirish. |
1. Respublikaning tegishli hududlari kesimida yer osti suvlarini monitoring qilish sohasidagi ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy o‘rganish va muammoli masalalarni aniqlash. 2. Yer osti suvlarini hududlar kesimida monitoring qilish parametrlariga umumiy ko‘rsatkichlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-son qaroriga 3 va 5-ilovalar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. 3. Umumiy ko‘rsatkichlar doirasidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda yer osti suvlarini lozim darajada monitoringini ta’minlash. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov) |
|
18. |
Texnogen chiqindilarni chuqur qayta ishlash va utilizatsiya bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va ular asosida talabgor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish. |
1. Respublika tog‘-metallurgiya korxonalarining to‘planib qolgan texnogen chiqindilari holatini tanqidiy o‘rganish. 2. Texnogen chiqindilarni chuqur qayta ishlash va ular asosida talabgor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yechimlar borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish va har tomonlama o‘rganish. 3. Asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil avgust
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (Islomov), “Navoiy KMK” DK (Sanaqulov), “Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Energetika vazirligi (Sultanov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), ITSV (Qudratov) |
|
19. |
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining ish samaradorligini va konlarni ishlatishga qo‘yishni oshirish, shuningdek, mazkur sohada davlat nazorati samaradorligini oshirish uchun xodimlarning maoshini ikki baravardan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish. |
1. Qattiq foydali qazilma konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish holatini tizimli monitoring qilishni ta’minlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlik ��ubyektl�ri bilan birgalikda mintaqalardagi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va qattiq foydali qazilmalarning mavjud zaxiralarini aniqlashtirish. 2. Hududlarning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda, mintaqadagi mineral-xom ashyo resurslarni sanoat yo‘li bilan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqishga jalb qilish faolligini baholash ko‘rsatkichini kiritish, shuningdek, ularga qattiq foydali qazilma konlarini ishga tushirishga tayyorlashda ko‘maklashish. 3. Kon-geologik faoliyatni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining maoshini oshirish bo‘yicha asoslantirilgan hisob-kitoblar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritish. |
doimiy
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)
Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
20. |
Davlat geologiya qo‘mitasi “Urankamyobmetgeologiya” DUK balansidagi posyolka tipidagi uylarni belgilangan tartibda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish. |
1. Davlat geologiya qo‘mitasi tashkilotlari balansidagi posyolka tipidagi uylarni xatlovdan o‘tkazish (Navoiy viloyati Konimex tumanida 125 ta uy va Uchquduq tumanida 49 ta uy, Samarqand viloyati Nurobod tumanida 28 ta uy). 2. Mazkur posyolka tipidagi uylarni hozirgi holatida belgilangan tartibda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish. |
2019-yil avgust
|
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), Navoiy va Samarqand viloyati hokimliklari |
|
21. |
Mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash. |
1. Muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha oldini oluvchi choralarni qabul qilgan holda, mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosining borishini ko‘rib chiqish. 2. Mazkur qaror ijrosining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot taqdim etish. |
2020-yil fevralga qadar har oyda, kelgusida har chorakda
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (Qo‘chqorov) Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov) |
|
Stratigrafik partiya binosidagi zarur mebellar va inventar bilan jihozlangan yotoqxonani jihozlash. |
||||||
|
Tarmoq mutaxassislari uchun zarur asbob-uskuna va inventar bilan jihozlangan yotoqxona qurish. |
||||||
|
|
||||||