Uzbek Overseas Geology Company
Biz haqimizda
Biz haqimizda
Jamoa
Rahbariyat
Bo'sh ish o'rinlari
Fotogalereya
Video galereya
Sayt xaritasi
Xizmatlar
Dastlabki geologik qidiruv
Muhandislik-geologik tadqiqotlar
Burgʻilash ishlari
Reklama
Loyihalar
Afg'oniston Islom Amirligi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar
Mo'g'uliston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar
Axborot xizmati
Yangiliklar
OAV biz haqimizda
Press-relizlar
Tanlovlar va tenderlar
E'lonlar
Hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qonunlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hujjatlari
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me’yoriy hujjatlar
O'z kuchini yo'qotgan hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy hujjatlari
Ochiqlikni ta'minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar
Sanoat yo'riqnomalari, standartlari va qoidalari
Ochiq ma'lumotlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Bog'lanish
+99855 5131045
Русский
English
O'zbek
Bosh sahifa
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2010 yildagi PQ-1396-son qarori
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2010 yildagi PQ-1396-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, foydali qazilmalar sanoat zaxiralari va qazib olinishi ko‘paytirilishini ta’minlaydigan mineral-xom ashyo resurslari bazasini ildam rivojlantirish kabi pirovard natijalarga yo‘naltirilgan geologik qidiruvlarni olib borishni jadallashtirish va samaradorligini oshirish, respublikaning real iqtisodiyoti yetakchi bazaviy tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
3. Komissiya (R.S.Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” OAJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2011-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimiga kiruvchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, geologiya-razvedka ekspeditsiyalari va aksiyadorlik jamiyatlarini 1-ilovaga
*
muvofiq belgilangan tartibda qayta tashkil etilishini ta’minlasin.
* 1-ilova
rus tilidagi
matnda berildi.
4. “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJ:
2011-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” hamda “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika bazasi bilan jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli
qaroriga
asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda zamonaviy xalqaro tajribani va ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda, qimmatbaho, rangli metallar, uranga oid geologiya-razvedka ishlari tarkibini maqbullashtirish, shuningdek topshiriladigan tuzilmalar xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
“Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” IIMni hamda “Rangli metallar geologiyasi” IIMni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidan topshiriladigan tegishli tuzilmalarning shtat soni chegarasidan amalga oshirilsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2723-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 32-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi
tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-sonli
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar boshqaruv xodimlarining attestatsiyasini tashkil etsin;
uch oy muddatda 2011 — 2016-yillardagi geologiya-razvedka ishlari Dasturini tasdiqlasin, unda geologiya-razvedka ekspeditsiyalari, xizmatlari va boshqa tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJ geologiya-razvedka ishlarini olib borish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yili tasdiqlaydigan ro‘yxatlari bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, materiallar, maxsus transport vositalari, dasturiy hamda texnik vositalar, shuningdek ularning ehtiyot qismlari 2020-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli
qarori
tahririda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda:
ikki oy muddatda ochiq savdo natijalari bo‘yicha litsenziyalar berishni va konlardan tajriba-sanoat ko‘lamida foydalanishning cheklangan normalari belgilanishini nazarda tutgan holda, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-avgust,
PQ-1396-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 2-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)